Pokiston g‘arbidagi Belujiston viloyati ma’muriy markazi Kvetta shahrida ekstremistlar tomonidan uyushtirilgan terakt oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi. Bu haqda 10-may, seshanba kuni Geo TV ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lbola portlovchi qurilma mahalliy universitet yaqinida harakatga keltirilgan. Hozirda hodisa joyi politsiya tomonidan o‘rab olingan, surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)