“Ash-Shabob” guruhi Somali poytaxtidagi sodir etilgan va kamida ikki nafar politsiya xodimi halok bo‘lgan portlash uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Mogadishodagi yo‘l politsiyasi bo‘linmasi darvozasi oldida xudkush terrorchi boshqargan avtomobil portlagan. Politsiyachilar hujum uyushtirgan yana bir kimsani yo‘q qilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)