Filippin AQShdan mustaqillikka erishganidan keyingi birinchi mamlakat prezidenti (1946—1948-yillar) Manuel Akuna Roxasning nabirasi, mamlakat prezidentligiga nomzod Manuel Roxas 9-may, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovlardagi mag‘lubiyatini tan oldi. U ovoz berish natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘rinda ketayotgandi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Saylovlarda 22 yil davomida Davao shahri meri lavozimini egallab kelgan Rodrigo Duterte yetakchilik qilmoqda. “Duterte kelgusi prezident bo‘lishi kundek ravshan bo‘lib turibdi”, — deya ma’lum qilgan Roxas. Oldinroq boshqa nomzod — senator Greys Po ham mag‘lubiyatini tan olgan va Duterteni tabriklagandi.
Filippinda prezidentlik saylovlari bir tur bilan cheklanadi, ko‘pchilik ovozni to‘plagan nomzod davlat rahbari etib saylanadi.
Izoh (0)