Qurultoy KXDR yetakchisi Kim Chen Inni Koreya Mehnat partiyasi raisligiga qayta sayladi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Partiya qurultoyi 6-maydan boshlab to‘rt kun davomida o‘tkazildi. Unga tadbirni yoritish uchun Pxenyanga kelgan 180 nafar chet ellik jurnalistlarning 30 nafari kiritildi. Jurnalistlar bir necha soat davomida tekshiruvdan o‘tib, shundan so‘nggina zalga 15 daqiqaga kiritildi.
Qurultoyda qatnashgan Sputnik muxbiri ma’lum qilishicha, prezidiumga orkestr sadolari ostida KXDR yetakchisi kirib kelgan va uning Mehnat partiyasi rahbarligiga qayta saylangani haqida rasman e’lon qilingan.
Qurultoy delegatsiyasi ushbu qarorni tik turib qarsaklar bilan olqishlagan. Keyin esa partiya rahbar organlarining tarkibi e’lon qilingan.
Izoh (0)