Buyuk Britaniyaning 2003-yilda Iroqqa hujumdagi ishtiroki haqidagi ma’ruza 6-iyul kuni chop etiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Devid Kemeronning tergov komissiyasi raisi Jon Chilkot bilan konsultatsiyalaridan so‘ng ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
“Tergov yakunlari bo‘yicha ma’ruzani milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan tekshirish ayni paytda o‘z nihoyasiga yetdi. Ma’ruzani nashrga tayyorlash uchun vaqtimiz yetarli”, — dedi Chilkot hujjat 2,6 millionta so‘zdan iborat ekanligini ta’kidlar ekan.
NATOning Iroqdagi harbiy kampaniyasidagi ishtiroki doirasida Buyuk Britaniya 2003—2009-yillarda 179 nafar askar va ofitserlarini yo‘qotdi. Chilkot komissiyasining ma’ruzasini chop qilish so‘nggi yillar davomida bir necha marta ortga surildi.
Izoh (0)