Eron politsiyasi mamlakatga suqilib kirishga harakat qilgan afg‘onistonlik nolegal muhojirlardan olti nafarini otib o‘ldirdi, 18 kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Huquq-tartibot idoralari vakillarining ma’lum qilishicha, 7-may, shanba kuni kechki payt patrul xizmatlari mamlakat shimolida, Rafsanjon tumani hududidagi sahroda furgonni aniqlagan. Politsiya ta’qib etishni boshlagan, biroq mashina ularning talabiga ko‘ra to‘xtamagan. Transport vositasi politsiya blokpostiga to‘qnashgach esa unga qarata o‘t ochilgan. Politsiyachilar furgondan halok bo‘lgan va yaralanganlarni topdi, muhojirlarning aksariyati 20—30 yoshlarda ekanligini aniqladi.
Ma’lumot uchun, Eronda rasman ro‘yxatga olingan 1,5 million, ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra esa, bundan ikki barobar ko‘p afg‘on qochoqlari istiqomat qiladi.
Izoh (0)