Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga Kosovo Respublikasi qo‘shilishi munosabati bilan O‘zbekiston Republikasi depozitariy organ – Niderlandiya qirolligi tashqi ishlar vazirligiga mazkur Konvensiya moddalari O‘zbekiston va Kosovo o‘rtasida qo‘llanilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Republikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Vazirlikning bildirishicha, ushbu mexanizm Konvensiyaning 12-moddasida belgilangan. Shu sababli Kosovo hukumati organlarining maxsus shtampi (apostil) bilan tasdiqlangan hujjatlar O‘zbekistonda qabul qilinmaydi.
Izoh (0)