• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xitoydan ishlab chiqaruvchi zavodni tanlashda adashmaslik uchun muhim omillar

    O‘zbek-Xitoy savdo uyi ekspertlaridan biznes-praktikum.

    Hikmat Abdurahmonov

    Hikmat Abdurahmonov

    O‘zbekiston bozoriga uskunalar, xomashyo va maxsus texnika yetkazib berish bo‘yicha Xitoyning yetakchi kompaniyasi — O‘zbek-Xitoy Savdo Uyi (O‘XSU) bu yil o‘zining 10 yilligini nishonlaydi. O‘zbek-Xitoy Savdo Uyi tadbirkorlarga loyihaning g‘oyasidan tortib amalga oshirilishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda to‘laqonli ko‘mak ko‘rsatadi. Bu ko‘mak birlamchi konsalting ishlari, texnologik uskuna, xomashyo va materiallar haqida ma’lumot izlash xizmatlaridir, O‘zbekistonga mahsulotlarni yetkazib berishni tashkil etish, logistika, sug‘urta, lizing, ishlab chiqaruvchining uskunalarga beradigan kafolatini ta’minlash kabilarni o‘z ichiga oladi.

    Yubiley munosabati bilan, O‘XSU ekspertlari bilan intervyular turkumi tashkil etilmoqda, bunda har bir intervyu uskunalarni sotib olishning ma’lum bir bosqichiga bag‘ishlanadi va biznes uchun amaliy maslahatlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi maqola Xitoydagi uskuna ishlab chiqaruvchilarni tanlash masalalariga bag‘ishlanadi.

    Sir emaski, O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznesning kattagina qismi, ko‘p jihatdan narx va sifat mutanosibligidan kelib chiqqan holda, Xitoy uskunalarini jalb etgan holda tashkil etiladi. Biroq o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan va zarur uskunani sotib olish masalasida bosh qotirayotgan tadbirkorda bir qator savollar paydo bo‘ladi. Qanday qilib noxolis ishlab chiqaruvchining “qurboni”ga aylanmaslik, narx va sifat mutanosibligining “oltin chegara”sini aniqlash, zavod bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlagan ma’qulmi yoki yetkazib beruvchi kompaniya orqali “tayyor holda taqdim etish” shartlari asosida ishlagan yaxshiroqmi degan savollar kelib chiqadi.

    Xitoy bozori — takliflarning ulkan ummonidir. Bu yerda hamma narsa — uskunalar, xomashyo, texnologiyalar, qurilish texnikasi va boshqalarni topish mumkin. Bu ummonda qanday qilib adashmaslik mumkin, biznesmenlar qanday suvosti qoyalarga to‘qnash kelishi ehtimoli bor? Bu haqda O‘zbek-Xitoy Savdo Uyi kompaniyasi vakolatxonasi rahbari Hikmat Abdurahmonov so‘z yuritadi.

    Yetkazib beruvchining taniqliligi

    — Xitoydan uskuna yetkazib beruvchini tanlashda birinchi galda nimaga e’tibor qaratish kerak?— Tekshiruvni oddiy qadamlardan boshlash mumkin. Birinchi galda, ishlab chiqaruvchining internet saytiga kirish kerak. Agar sayt bo‘lmasa — bu xavotir uchun asosli sababdir. Mas’uliyatli ishlab chiqaruvchi har doim ochiqlikka intiladi. Saytda barcha mahsulotlar turi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. E’lonlar saytlari (alibaba.com, madeinchina.com va boshqalar)da mazkur ishlab chiqaruvchi haqida ma’lumot berilganiga ham ishonch hosil qilish, aloqa ma’lumotlarini ko‘zdan kechirish, ayniqsa, zavodning aniq manzili ko‘rsatilganini tekshirish kerak. Birlamchi ma’lumotlar to‘planganidan so‘ng, ro‘yxatga olish va bank hujjatlarini tekshirish kerak. Shartnomadagi rekvizitga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Agar shartnoma bevosita zavod bilan emas, balki Xitoyning birorta eksport-import kompaniyasi bilan imzolanayotgan bo‘lsa, bu kompaniyaning ham hujjatlarini diqqat bilan o‘rganib chiqish talab etiladi.

    Zarur bosqichlardan yana biri — zavod haqidagi ma’lumotlarni Xitoyning Xalqaro savdoga ko‘mak ko‘rsatish kengashi (China Council for the Promotion of International Trade (CCPIT)) bazasi bo‘yicha tekshirishdir. Tashqi savdoni rag‘batlantirish, xorijiy investitsiyalardan foydalanish hamda Xitoy va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantirish mazkur Kengashning vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, bu tashkilot Xitoy ishlab chiqaruvchilarining katta bazasiga ega bo‘lib, u yoki bu korxona yuzasidan tavsiya bera oladi.

    Zavodning eksport operatsiyalari borasidagi tajribasi

    — Ishlab chiqaruvchi zavodda ingliz tilida so‘zlasha oladigan sotuvchilar bor-yo‘qligiga e’tibor qaratish zarur, bu mazkur zavodning eksport borasidagi tajribasini ko‘rsatadi va keyingi bosqichlarda muloqotni nisbatan yengillashtiradi. Shuningdek, zavod sizning so‘rovlaringizga javob yo‘llashda qanchalik tezkor ekanini ham hisobga olish kerak. Masalan, reklamatsiya holatida, tezkor javob berish omili hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

    Bitim imzolanguniga qadar ishlab chiqaruvchi eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tajribasiga egami-yo‘qmi, bilib olish kerak. Xususan, ular bevosita O‘zbekiston yoki MDHning boshqa mamlakatlari bilan ishlaganmi, mamlakatimiz talablariga ko‘ra tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni tayyorlash bilan shug‘ullanganmi — aniqlash zarur.

    Zavod tomonidan to‘lovlarning akkreditiv yoki bank kafolati vositasida qabul qilinishi imkoniyatlarini aniqlashtirib olish kerak. Odatda, ishlab chiqaruvchilar bunday to‘lov turlarini qabul qilmaydi. Biroq, ba’zi bir holatlar ham bo‘ladiki, dastlab zavod bunday so‘rovga ijobiy javob beradi, biroq ish so‘nggida — xaridor bank akkreditivini hal qilish masalasiga ko‘p kuch va vaqt sarflab bo‘lganidan so‘ng, oddiy tushunmovchilik yuz bergani va zavod buyurtmachini noto‘g‘ri tushungani ma’lum bo‘lish hollari xam uchrab turadi.

    Katta chegirmaning yashirin xavflari

    — Har qanday tadbirkor uchun narx deyarli har doim hal qiluvchi omil bo‘lib qolaveradi. Past narx ortidan quvish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?— Narx masalasiga juda katta e’tibor bilan yondashish zarur. Past narx yoki muzokaralar davomida narxning sezilarli pasaytirilishi xaridorni ehtiyotkorlikka chorlashi kerak. Ehtimol, ishlab chiqaruvchi Sizning buyurtmangiz bo‘yicha narxni nimaning evaziga tushirishini bilar. Masalan, buyurtmangiz bo‘yicha qimmatbaho sifatli ehtiyot qismlar nisbatan arzon va sifatsizroqlariga almashtirilishi mukin. Xitoy bozorida ishlash jarayonida narx va sifat muvozanatini topish o‘ziga xos qiyin vazifa.

    Afsuski, xitoylik ishlab chiqaruvchining, xaridorning istaklariga mos ravishda juda tez o‘zgara olishi qaltis oqibatlarga olib kelishi mumkin. G‘arbdagi ishlab chiqaruvchi katta ehtimol bilan aytgan narxida turaveradi, tajribasiz xitoylik ishlab chiqaruvchi esa ba’zan xaridorning bosimi ostida past narxga ham rozi bo‘lib qo‘yadi. Oqibatda bu sifatning tushishiga yoki uskunaning tezda ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.

    Odatda Xitoy bozorida uzoq vaqt ishlash va bu bozorning o‘ziga xosliklarini bilishgina narx va sifat oralig‘idagi “oltin chegara”ni topishga yordam beradi.

    Komplektatsiya va kafolat xizmati

    — Aksariyat ishlab chiqaruvchilar xarid vaqtida komplektatsiya va kafolat xizmati bo‘yicha eng yaxshi shartlarni va’da qiladi, biroq yakunda va’dalarning hammasi ham bajarilmasligi mumkin. Buning oldini olish uchun nima qilish kerak?— Uskunalarning bus-butun yoki sifatli holda kelishini faqat tekshirish yo‘li bilan ta’minlash mumkin. Tekshiruvni shaxsan o‘zingiz, yoki mustaqil betaraf kompaniya xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshirish mumkin.

    Uskuna ishonchli savdo kompaniyasi yoki mahalliy yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilayotgan bo‘lsa, Sizga zavodni audit qilish yoki uskunani inspeksiyadan o‘tkazish xizmati taklif etilishi mumkin.

    Keyingi masala — kafolat xizmati. Agar Siz zavod bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlayotgan bo‘lsangiz, ishlab chiqaruvchi kompaniya kafolat xizmatini qanday ko‘rsatishini oldindan yaxshilab tushunib olish kerak bo‘ladi. Kafolat majburiyatlarini bajarish muddatlariga e’tibor qaratish muhim.

    O‘zbekistonda ofisi bor yetkazib beruvchi bilan ishlar ekansiz, kafolatli ta’mir bo‘yicha barcha bahsli vaziyatlar kompaniya xodimlari tomonidan hal etiladi. Ko‘p jihatdan bu vaqtni tejash imkonini beradi va xaridor uchun, so‘zsiz, nisbatan sodda va qulay yechimdir.

    Xitoydagi zavodni inspeksiyadan o‘tkazayotgan O‘zbek-Xitoy Savdo Uyi xodimlari

    Xitoydagi zavodni inspeksiyadan o‘tkazayotgan O‘zbek-Xitoy Savdo Uyi xodimlari
    — Uskunani bevosita zavodga emas, balki yetkazib beruvchi kompaniyaga buyurtma qilish evaziga, qanday ustunliklarga ega bo‘lish mumkin?— Avvalo, yetkazib beruvchi deganda biz uskunalarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi va O‘zbekistonda ofisi bor savdo kompaniyasini nazarda tutmoqdamiz. Ishonchli va sinovdan o‘tgan yetkazib beruvchiga murojaat qilsangiz:
    • Narx/sifat mutanosibligi va kafolat shartlarining qulay, ba’zi holatlarda ishlab chiqaruvchi taqdim etishi mumkin bo‘lganidan-da yaxshiroq variantlarini qo‘lga kiritasiz. Sababi, zavod bitta buyurtma bilan kelgan yakka buyurtmachidan ko‘ra uzoq muddat ishlaydigan yetkazib beruvchi bilan munosabatlarini ko‘proq qadrlaydi. Bundan tashqari, yetkazib beruvchi kompaniya uskunalarni izlash sohasida yetarlicha kata tajribaga ega — u butun Xitoy bo‘ylab takliflar bozorida aqlli taqqoslama tahlil o‘tkazib, nisbatan yaxshi va samarali takliflarni saralay oladi.
    • Moliya institutlarining ko‘proq ishonchiga kirasiz. O‘zbekiston banklari va lizing kompaniyalari uskunalarning sifati kafolatini ta’minlash va kafolatli ta’minot bo‘yicha xavflar ehtimolini kamaytirish uchun zarur kadrlar salohiyatiga ega bo‘lgan yirik yetkazib beruvchi kompaniyalar bilan nisbatan foydali shartlar asosida ishlashga tayyor.
    • Sizga maqbul bo‘lgan to‘lov shartlariga ega bo‘lasiz. Hamma ishlab chiqaruvchilar ham qulay to‘lov turlarini taklif qila olmaydi. Yetkazib beruvchi esa ishlab chiqaruvchini akkreditiv yoki bank kafolatini qabul qilishga ko‘ndirishi, yoki o‘zi boshqa bir to‘lov turi, xususan, bevosita to‘lov yordamida ishlab chiqaruvchi bilan hisob-kitob qilib, to‘lov kafolatlarini o‘ziga oladi, bu esa tadbirkor uchun nisbatan qulay va ishonchlidir. Bundan tashqari, tajribali yetkazib beruvchi tadbirkorga mahsulotni milliy valyutada yetkazib berishni taklif qilishi ham mumkin.
    • Biznesda eng muhim resurs — vaqtdir! Muzokaralar jarayoni bir necha oy va hatto bir necha yil davom etishi mumkin. Xaridor uskunani sotib olarkan, o‘z biznes-rejalarini tahlil qiladi, yangi ishlab chiqarish liniyasiga tushadigan yuklamani hisoblaydi, moliya institutlari, hamkorlar, salohiyatli xaridorlar bilan muzrokaralar olib boradi. Bu esa O‘zbekiston va Xitoydagi tashqi savdo shartnomalarini imzolashning o‘ziga xosliklaridan boxabar bo‘lish, bank bilan muzokaralarda qatnashish, shartnoma spetsifikatsiyasi va detallarini aniqlashtirishga tayyorlikni talab qiladi. Yetkazib beruvchi esa ko‘pincha bu vazifalarni o‘z zimmasiga oladi, shartnomaning barcha jihatlarini bankka, kreditorga, hamkorga, biznes egasi va boshqalarga tushuntiradi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha xizmatlarini mutaxassislarga ishonib topshirish bilan, logistika, sug‘urtalash, shartnoma tuzish va bojxona rasmiylashtirishining o‘zingiz uchun tushunarsiz nyuanslarini o‘rganaman deb vaqt yo‘qotmaysiz. Bu vaqtni o‘zingiz yaxshi biladigan narsa — biznesingiz uchun sarflashingiz mumkin bo‘ladi.

    O‘zbek-Xitoy Savdo Uyidan texnologik uskuna va xomashyo izlash bo‘yicha konsalting xizmatlari

    O‘zbek-Xitoy Savdo Uyidan texnologik uskuna va xomashyo izlash bo‘yicha konsalting xizmatlari

    Ishonchli yetkazib beruvchini tanlash

    — Ishonchli yetkazib beruvchi kompaniyani qanday tanlash kerak?— Yetkazib beruvchida ishlab chiqaruvchi bilan bevosita aloqalar, batafsil inspeksiya o‘tkaza olish imkoniyatlari, dilerlik huquqlari, xizmatlarning to‘liq majmui borligini tekshirish kerak.

    Shuningdek, ish tajribasi va hisob-kitoblarining ochiqligiga ham e’tibor qaratish muhim. Shuningdek, yetkazib beruvchining Toshkentda servis markazi borligi, markaz shtatida esa uskunani inspeksiyadan o‘tkaza oladigan, yuzaga kelgan nosozliklarni tezkorlik bilan hal eta oladigan va bu haqda ishlab chiqaruvchi-zavodga aniq hisobot berib, shartnoma majburiyatlari asosida uskuna ehtiyot qismlarini almashtirish yoki ta’mirlashni talab qila oladigan mutaxassislar borligiga ishonch hosil qilish shart.

    Masalan, O‘XSU haqida gapiradigan bo‘lsak, kompaniyamiz 10 yillik faoliyati davomida 1000 dan ortiq sinovdan o‘tgan zavodlar bazasini shakllantirgan. Xodimlarimiz ushbu bazaning dolzarbligini ta’minlash va uni yanada kengaytirish bo‘yicha muntazam ish olib boradi.

    Uskunalarni joyida tekshiruvdan o‘tkazish masalasiga kelsak, O‘XSUning Xitoyda ham, Toshkentda ham ofislari borligini alohida ta’kidlash joiz. Xitoyda ofislarimiz borligi, Xitoy ishlab chiqaruvchilari bozori bilan yaqindan hamkorlik qilishimiz uskunalarni maksimal darajada aniq va minimal darajada qisqa vaqt ichida inspeksiyadan o‘tkazish imkonini beradi.

    Kanton yarmarkasi bo‘yicha Xitoy elchisi ishtirokida TexnoPlazadagi videokonferensiya

    Kanton yarmarkasi bo‘yicha Xitoy elchisi ishtirokida TexnoPlazadagi videokonferensiya

    Bizga murakkab texnologiyalarni yetkazib berish bo‘yicha tez-tez murojaat qilishadi, biz O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Xitoydagi rasmiy vakili hisoblanamiz, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi, Xitoyning Xalqaro savdoga ko‘mak ko‘rsatish kengashi va Xitoyning savdo munosabatlarini rivojlantirishga mas’ul boshqa ko‘plab tashkilotlar bilan mustahkam aloqalarga egamiz, shu sababli ham O‘zbekistondagi, ham Xitoydagi tashqi savdo faoliyatining o‘ziga xos taraflaridan yaxshi xabardormiz.

    5

    Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyaga ega

    06.05.2016, 14:43   Izoh (0)   14851
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda fuqarolar yig‘inlari saylovi boshlandi

    06.05.2016, 10:01

    Toshkentdagi Great Wall Media kompaniyasi International Arch of Europe mukofoti sohibiga aylandi

    05.05.2016, 22:27

    Toshkentda 6-may kuni yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘ladi

    05.05.2016, 15:11

    Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi, qurbon bo‘lganlar bor

    05.05.2016, 00:26

    “Grin kard” natijalari, Paynet’ning diskriminatsion shartlari, ikki barmoqda tortilish bo‘yicha o‘zbekistonlik jahon rekordchisi va kunning boshqa muhim yangilikla...

    04.05.2016, 19:53

    5-may kuni Buxoro va Surxondaryoda havo harorati +35 darajagacha isiydi

    04.05.2016, 14:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mashhur filmlardagi ko‘pchilik payqamagan, ammo katta ma’noga ega bo‘lgan detallar

    Layfstayl | 9 iyun, 19:25

    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi

    Reklama | 9 iyun, 19:30

    Temur Kapadze: “Qatarga qarshi bahs oldidan yo‘qotishlar bor”

    Sport | 9 iyun, 19:22

    Transport vazirligi Afg‘onistondagi Salang dovoni vaqtincha yopilishini bildirib, ogohlantirish bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 19:15

    Dima Bilan sog‘lig‘idagi muammolar haqidagi mish-mishlarga javob berdi. Qo‘shiqchida onkologiyadan oldingi holat bor edi

    Layfstayl | 9 iyun, 19:01

    Tailandlik ayol chiqindi tashlash joyidan 300 ming dollardan ortiq pul topib oldi

    Dunyo | 9 iyun, 18:55

    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni

    Reklama | 9 iyun, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.