145 do‘konni o‘z ichiga olgan va 1 gektardan ortiq hududni egallagan “Qarshi” savdo majmuasi tubdan rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Qashqadaryo” gazetasining elektron versiyasi xabar bermoqda.
Majmuada 1 milliard 450 million so‘mlikdan ziyod qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Natijada obyektning tashqi ko‘rinishi zamonaviy qiyofa kasb etdi. Do‘konlar, yo‘laklar kengaytirilib, sotuvchi va xaridorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratildi.
Izoh (0)