O‘zbekistonda 7-may kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet” markazi.
7-mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +7...+12 daraja, Toshkent shahrida +17...+19 daraja iliq bo‘ladi. Mamlakatning qolgan hududlarida kechasi havo harorati +12...+20 daraja iliq oralig‘ida bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 7-may kuni kunduzi havo harorati +17...+22 daraja iliq bo‘ladi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda, jumladan, Toshkent shahrida ham havo harorati +30 darajagacha iliq bo‘ladi.
Izoh (0)