• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “O‘ylashimcha, 2020-yilda neftsiz yashay olamiz”. Saudiya Arabistonini o‘zgartirmoqchi bo‘layotgan o‘rinbosar shahzoda haqida

    Valiahd shahzodaning 30 yoshli o‘rinbosari Muhammad ibn Salmon as-Saud Saudiya Arabistonini neftga qaramlikdan qutqarish ustida ish olib bormoqda, deya xabar bermoqda “Vedomosti” nashri.

    Foto: “Vedomosti”

    Foto: “Vedomosti”

    Shahzoda Salmon o‘z qo‘l ostida katta akasi, taxt uchun navbatda undan oldinda turgan valiahd shahzoda Muhammad ibn Naifdan-da ko‘proq hokimiyatni to‘play oldi. Salmonning nufuzi avvalgi qirol — Abdulloh davridayoq o‘sishni boshlagan edi, biroq oilaning boshqa a’zolari Salmon haddan tashqari ko‘p hokimiyatni qo‘lga kiritishni istayotgani haqidagi e’tirozlaridan so‘ng, qirol Abdulloh ham uni saroydan uzoqlashtirgan edi. Shunga qaramay, hayotining so‘nggi ikki yili davomida Abdulloh Saudiya Arabistonining neftga qaramligini kamaytirish bilan bog‘liq islohotlarni aynan Salmon bilan batafsil muhokama qilgan. Mart va aprel oyida jurnalistlari Salmon bilan uchrashgan Bloomberg agentligining qayd etishicha, neftga qaramlikni kamaytirish bo‘yicha g‘oyalar ustida Saudiya qirollik oilasi bir necha o‘n yillardan beri bosh qotiradi, biroq ish bu g‘oyalarning amalga oshirilishigacha hech yetib kelmagan.

    Saudiya Arabistonida neft ilk bor 1938-yili — Saudiya Arabistoni deb nom olgan davlatga asos solinganidan olti yil o‘tib qazib olingan. Hozirgi kunda esa bu qirollik kuniga 12 million barrel neft qazib olish quvvatiga ega jahondagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchilaridan biri va neft eksport qilish bo‘yicha yetakchidir (Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yili mamlakatda kuniga 10,21 million barrel neft qazib olingan). Hozirgacha aniqlangan jahon neft zaxiralarining 18 foizi aynan Saudiyada joylashgan. Shu sababli ham bir necha yil avval neft qazib olish mamlakat iqtisodiyotining 50 foizini tashkil etardi, eksportning 84 foizi, budjet daromadlarining 70 foizi neft hissasiga to‘g‘ri keladi.

    2014-yili, jahon neft narxlari tushishni boshlaganidan so‘ng, Saudiya Arabistoni boshqa ishlab chiqaruvchilar, eng avvalo, AQShdagi slanets ishlab chiqaruvchilariga qarshi narx-navo urushini e’lon qildi — bozordagi o‘z ulushini himoya qilish maqsadida, Saudiya neft qazib olish quvvatini oshirdi. Biroq bu uzoq davom etuvchi nizo bo‘lib chiqdi. 2014-yil iyunida bir barreliga 115 dollar taklif qilingan Brent turidagi neft 2016-yil yanvarida 27,1 dollargacha tushib ketdi. Yanvar boshida, narxlar tushishda davom etayotgan bir vaqtda, Saudiya Arabistoni o‘z neft kompaniyasi — Saudi Aramco’ning aksiyalarini birjaga birlamchi joylashtirishi mumkinligini e’lon qildi. Ba’zi kuzatuvchilar buni qariyb umidsizlik qarori sifatida qabul qildi, chunki o‘tgan yili mamlakat kamayib borayotgan neft xarajatlari o‘rnini to‘ldirish maqsadida valyuta zaxiralarini ishlatishni boshlagan va yil oxiriga kelib ularning hajmi 16 foizga — qariyb 116 milliard dollarga qisqargan edi. 2015-yil o‘rtalarida budjet kamomadi YaIMning 20 foizini tashkil etayotgan edi, biroq xarajatlarni kamaytirish orqali uni 15 foizgacha qisqartirish imkoni topildi.

    “Janob Har Narsa”

    Salmonning Bloomberg’ga aytishicha, shoshilinch islohotlarni o‘tkazish zarurligi unga va uning maslahatchilariga o‘tgan yiliyoq ma’lum bo‘lib ulgurgan. Ular, agar 2015-yilning aprel oyidagi xarajatlar hajmi saqlanib qoladigan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni 2017-yilning boshigacha o‘zini “to‘la yeb-bitirishi” mumkinligini tushunib yetgan. Vaholanki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa chet ekspertlar mamlakatning valyuta zaxiralari uning kamida besh yil davomida past neft narxlari sharoitida yashay olishini bildirgan edi. Hukumat mahalliy obligatsiyalar bozoridan pul oldi, xalqaro bozorga chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aprel oyida esa so‘nggi 25 yil ichida birinchi marta xorijiy banklardan 10 milliard dollar miqdorida kredit jalb etdi. O‘tgan yil oxirida benzin, suv va elektr ta’minoti uchun subsidiyalar hajmi qisqartirilgan va bu holat aholining noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

    Bugun bir barrel neftning narxi taxminan 45 dollar atrofida. So‘nggi bir necha hafta davomida neft narxining o‘sishi neft qazib olishni yanvar oyi hajmida saqlab qolish bo‘yicha kelishuv imzolanishi umidi bilan bog‘liq edi, Dohada 17-aprel kuni OPEKga a’zo mamlakatlar va Rossiya aynan shu kelishuvni imzolashi kutilgan edi. Fevral oyi o‘rtalarida Saudiya Arabistoni, Rossiya, Venesuela va Qatar bu borada oldindan kelishib olgani ham aytilgan edi. Biroq Dohadagi muzokaralar barbod bo‘ldi — Financial Times’ning yozishicha, aynan shahzoda Salmonning aybi bilan. Odatda qirollik oilasi vakillari ko‘pdan beri Ali al-Naimiy rahbarlik qilayotgan neft vazirligi faoliyatiga aralashmasa-da, shahzoda Dohaga qo‘ng‘iroq qilib, Saudiya delegatsiyasiga ortga qaytish haqida buyruq bergan. Mamlakatning neft siyosati endi to‘liq Salmonning qo‘lida, deb yozadi FT.

    2015-yili taxtga yangi qirol — Salmon ibn Abdulaziz as-Saud o‘tirishi bilan, uning uchinchi xotinidan bo‘lgan o‘g‘li — Muhammad ibn Salmon valiahd shahzoda o‘rinbosari unvonini va, qo‘shimchasiga, bir necha muhim lavozimlarni qo‘lga kiritdi. Hozirda u hukumat qoshidagi iqtisodiy kengash orqali neft vazirligi (amalda — Saudi Aramco davlat kompaniyasi), iqtisodiyot va moliya vazirliklari, davlat investitsiya jamg‘armasi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiryapti, mudofaa vazirligiga rahbarlik qilmoqda. Ar-Riyoddagi g‘arb diplomatlari Salmonni “janob Har Narsa” deb ataydi, deya qayd etadi Bloomberg. Qirolning birinchi xotinidan bo‘lgan 56 yoshli valiahd shahzoda Muhammad ibn Naif esa bor-yo‘g‘i ichki ishlar vaziri, xolos.

    Mehnatkash shahzoda

    Shahzoda Salmon ko‘proq Stiv Jobsga taqlid qiladi, kashfiyot qilishga undovchi videoo‘yinlarni yaxshi ko‘radi va diqqat-e’tiborni yo‘qotmasdan, kuniga 16 soat ishlay oladi. Masalan, The Economist jurnalistlari bilan u besh soat davomida suhbatlashgan, Bloomberg bilan uyushtirilgan suhbatining umumiy vaqti esa sakkiz soatni tashkil etgan. Shahzodaning bu qadar serharakatligi “divandagi odamlar” deya ta’rif olgan o‘z fuqarolaridan uni keskin farqlab turadi. Saudiyaliklarning aksariyati davlat muassasalari va kompaniyalarida ishlaydi. Xodimlar soni qilinadigan ishdan odatda ko‘proqligi sabab, bunday tashkilotlarning maosh jamg‘armasi sezilarli kattalashib ketgan, ofislar esa nima qilarini bilmay, u xonadan bu xonaga tentiraydigan yoki divanda yotadigan erkaklar bilan to‘la.

    Foto: “Vedomosti”

    Foto: “Vedomosti”

    The Independent gazetasining qayd etishicha, shahzoda Salmon 12 yoshidan boshlab o‘sha vaqtda Ar-Riyod ma’muriy okrugi rahbari hisoblangan otasi bilan birga hukmat majlislarida qatnasha boshlagan. O‘smirlik chog‘laridanoq aksiyalar va ko‘chmas mulk bilan savdo qilib, katta pul ishlagan, muammolar paydo bo‘lganida unga otasi yordam qo‘lini cho‘zgan. Akalari kabi (qirol Salmonning uch xotinidan 13 farzandi bor) shahzoda Salmon ham chet elda emas, Ar-Riyod universitetida o‘qigan va yurist diplomini olgan. Sobiq kursdoshlarining aytishicha, shahzoda ichmaydi, chekmaydi va ko‘ngilochar oqshomlarni yoqtirmaydi.

    Saudiyalik xayolparast

    Bloomberg’ga bergan intervyusida shahzoda, o‘z tengdoshlari avlodini nazarda tutgan holda, shunday degan edi: “Biz umuman boshqachasiga o‘ylayapmiz. Orzularimiz butunlay o‘zgacha”. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu avlod Saudiya Arabistonida birinchi bo‘lib internetdan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi, videoo‘yinlar o‘ynadi va axborotni monitor ekranlari orqali qabul qildi. Shahzodaning tan olishicha, u o‘smirligida Stiv Jobs yoki Mark Sukerberg kabi harakat qilsa, nimalarga erisha olishi mumkinligi haqida xayol surgan.

    Yanvar oyida The Economist jurnaliga bergan intervyusida shahzoda, 30 yoshdan oshmagan 70 foiz vatandoshlari kabi, Saudiya Arabistonini neftga qaram bo‘lmagan, iqtisodiyoti o‘sayotgan, qonunlari shaffof va jahondagi o‘zining mustahkam o‘rniga ega davlat sifatida ko‘rishni xohlashini ma’lum qildi. “Mening va Saudiya Arabistonidagi boshqa yoshlarning juda ko‘p orzu-niyatlari bor. Biz mamlakatni yanada yaxshiroq qilish uchun harakat qilamiz”, — dedi u.

    Salmonning rahbarligi ostida ishlab chiqilgan rejalarning ko‘lami juda katta: Saudi Aramco aksiyalarining birjaga birlamchi chiqarilishi qimmatbaho qog‘ozlar bozori tarixidagi eng katta IPO bo‘ladi, ayni vaqtda kompaniya o‘zining barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarini oshkor etadi. Xususiylashtirishdan kelgan daromadlarning bir qismi davlat investitsiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi, bu jamg‘armaning sarmoyalaridan kelgan foyda neft daromadlarining bir qismini qoplashi kerak. Jamg‘arma hajmi yakunda 2 trillion dollarga yetishi kutilmoqda. Bu holatda u aktivlari hajmi bo‘yicha Fidelity Investments bilan birga 2-o‘rinni bo‘lishadi, biroq BlackRock boshqaruv kompaniyasidan ortda qoladi (uning aktivlari miqdori 4,6 trillion dollar).

    Shahzoda Salmonning ta’kidlashicha, neft narxining o‘sishi yoki tushishi uni o‘ylantirmaydi. Agar neft narxi o‘ssa, mamlakat neftga bog‘liq bo‘lmagan investitsiyalar uchun ko‘proq pulga ega bo‘ladi, agar narx tushsa, o‘sib borayotgan Osiyo bozoriga neft yetkazib berish hajmi oshiriladi: “Neft narxi bizni o‘ylantirmaydi — 30 dollar bo‘ladimi yoki 70 dollar, farqi yo‘q, biz uchun hammasi bir xil”.

    Salmon 2030-yilga borib mamlakat iqtisodiyotidagi xususiy sektor ulushini hozirgi 40 foizdan 60 foizgacha, neftga bog‘liq bo‘lmagan eksport hajmini 16 foizdan 50 foizga oshirishni xohlayapti, kichik va o‘rta biznes esa YaIMning 35 foiziga asos bo‘lishi kerak (hozirgi vaqtda bu ko‘rsktich 20 foiz).

    “O‘ylashimcha, agar 2020-yilga borib, neft tugab qolsa, biz yashab qola olamiz, — dedi Salmon. — Neft bizga kerak, biroq 2020-yilda biz neftsiz ham yashay olamiz”.

    Shahzoda o‘z islohotlari yordamida qirollikning mutaassib imidjini o‘zgartirishni ham istamoqda. Salmonning aytishicha, Saudiya “o‘z an’ana va qadriyatlariga muvofiq tarzda, barcha millat sayyohlari uchun o‘z eshiklarini ochadi”. Hozirgi vaqtda Saudiya Arabistoni faqat muqaddas qadamjolarga kelayotgan ziyoratchilar uchun sayyohlik vizalarini taqdim etadi. Bundan tashqari, mamlakat ishchi kuchi tarkibida ayollar ulushini 22 foizdan 30 foizgacha oshirish rejalashtirilgan (Reuters’ning qayd etishicha, hukumatning yon berishi natijasida, so‘nggi besh yil ichida ish bilan ta’minlangan ayollar soni sezilarli o‘sdi). Ayollarga avtomobil haydash huquqini berish muhim bir qadam bo‘ladi, deb hisoblaydi Salmon (hozir saudiyalik ayollar avtomobil boshqara olmaydi, shuningdek, erkak qarindoshining ruxsatisiz sayohat ham qila olmaydi). Shahzodaning aytishicha, yarim aholining huquqlari cheklangani holda, mamlakat gullab-yashnashi mumkin emas. Biroq, aprel oyida hibsga olish huquqi biroz cheklangan bo‘lsa-da, Saudiyada diniy politsiya o‘zining keng vakolatlarini saqlab qolmoqda.

    Yuqori martabali amerikalik harbiyning Bloomberg’ga ma’lum qilishicha, yaqinda shahzoda ayollarga avtomobil haydash huquqini taqdim etishga tayyorligini, biroq mutaassib diniy yetakchilar tomonidan bo‘ladigan qarshilikni yengib o‘tish uchun qulay fursatni kutish kerakligini aytgan. “Agar payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) davrida ayollar tuya minishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, ehtimol, biz ham ularga mashina — zamonaviy tuyalarni haydashga ruxsat berishimiz kerakdir”, — degan shahzoda sobiq zobit bilan suhbatda.

    Jangchi shahzoda

    Ayni vaqtda, Salmonning G‘arbdagi siymosi ko‘p ham ideal darajada emas. U mudofaa vaziri sifatida Yaman va Suriyada harbiy harakatlar olib bormoqda; shuningdek, mamlakat Eronga qarshilik ko‘rsatish uchun jiddiy harakat qilmoqda. “Amalda, saudiyaliklar sobiq Ittifoqning xatosini takrorlamoqda — neft narxi tushayotgan bir vaqtda katta miqdordagi pul mablag‘lari va resurslar o‘z aqidaparastlarini g‘oyaviy qo‘llab-quvvatlash, boshqa mamlakatlar ustidan siyosiy ta’sirni oshirish va ko‘plab isyonchi guruhlarni moliyalashtirish uchun sarflanmoqda”, — deydi “Sputnik” kompaniyasi bosh direktori Aleksandr Losev. The Independent nashri nemis razvedkasi — BND ma’lumotlariga asoslanib, Muhammad ibn Salmonni “Yaman va Suriyadagi proksi-urushlar vositasida arab dunyosini beqarorlashtirib turuvchi siyosiy o‘yinchi” deb yozgan edi.

    Saudiya Arabistoni 2015-yili qurol-yarog‘ uchun xarajatlar bo‘yicha AQSh va Xitoydan so‘ng uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Tinchlik muammolarini tadqiq etish bo‘yicha Stokgolm instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiyaning harbiy budjeti 87 milliard dollarga yetgan. Shu sababli ham, Saudi Aramco’ning IPO’si va gigant investfonddan tashqari, yana bir — mudofaa sohasidagi islohotlarning tafsilotlari ma’lum qilindi. Salmonning so‘zlariga ko‘ra, hukumatning maqsadi — qurol-yarog‘ xarajatlarining 50 foizdan ortig‘ini mahalliylashtirishdir. Mamlakat hozir ham uncha murakkab bo‘lmagan qurol-yarog‘larni — ehtiyot qismlar, o‘q-dorilar, zirhli transport vositalarini ishlab chiqaryapti, biroq mamlakat bu yo‘nalishdagi ishlab chiqarishni o‘z harbiy samolyotlari darajasigacha kengaytirmoqchi.

    Islohotlar taqdiri

    Foto: “Vedomosti”

    Foto: “Vedomosti”

    Tahlilchilarning fikricha, shahzoda boshlayotgan islohotlari har tomonlama — ham jamiyat, ham qirollik oilasining boshqa a’zolarining qarshiligiga uchraydi. “Shahzoda uchun Saudiya Arabistonidagi asosiy to‘siq — neft siyosatining mohiyati emas, balki qirollik oilasidagi qarama-qarshiliklardir, ular bir shahzodaning qo‘lida bu qadar ko‘p kuch to‘planib qolishiga norozilik bildiradi”, — deydi Georgetown University huzuridagi Xavfsizlik sohasidagi tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi, Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq yuqori martabali vakili Pol Pillar. 80 yoshli qirol Salmon yoshga doir aqli zaiflikdan aziyat chekadi, shu sababli kuniga bir necha soatdan ortiq ishlay olmaydi, deb yozadi The Independent. Bu sharoitda shahzodaning ta’siri yanada oshadi.

    Qirollik aholisi neft ortidan kelgan boylik sabab yaratilgan ijtimoiy jannat sharoitlarida yashashga ko‘nikib qolgan, deydi Losev. Aksariyat oilalar ko‘p bolali, 32 million aholining 70 foizi esa — 30 yoshdan kichik. E’tiborli tomoni, shu vaqtgacha saudiyaliklarda ishlash zarurati bo‘lmagan — barcha ishni ular o‘rniga muhojirlar bajaradi. Chet elliklar mamlakatda 10 million ish joyini band etgan, degan edi Salmon The Economist’ga bergan intervyusida. Muammo shundaki, saudiyaliklar ishlashga tayyormi va ishlasa, bu qanchalik samarali bo‘ladi? “Boz ustiga, endi ko‘plab imtiyoz va subsidiyalarni qisqartirishga to‘g‘ri keladi, agar neft narxi bir barrel uchun 50 dollardan pastligicha qoladigan bo‘lsa, fuqarolarga soliq solish masalasi ham ko‘ndalang turibdi”, — deydi Losev (Salmon qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqa ko‘plab soliqlarni joriy etmoqchi, xususan, hashamatli mahsulotlar va shakar miqdori ko‘p bo‘lgan ichimliklarga, tamakiga soliq solmoqchi). “Bularning bari jamiyat ichida ijtimoiy keskinlikning o‘sishiga, zodagonlar va iqtisodiy yetakchilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga hamda ichki diniy nizolarga sabab bo‘ladi”, — deb taxmin qilmoqda Losev.

    28.04.2016, 18:04   Izoh (0)   9951
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suriya HHK samolyotlari Aleppodagi kasalxona yaqinidagi jangarilarning qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi

    28.04.2016, 17:40

    Fransiyada 5,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi

    28.04.2016, 16:27

    Zilzilalar haqida 5 ta mif

    28.04.2016, 15:25

    Janubiy Koreya prezidenti vazirlik va agentliklarga KXDRning yadro sinoviga tayyor turishni buyurdi

    28.04.2016, 14:11

    “Kalashnikov” bozorga yarim avtomat miltiqni chiqaradi va karabinlarni restayling qiladi

    28.04.2016, 12:00

    Belgiya aholisiga radiatsiyaga qarshi dori tarqatiladi

    28.04.2016, 11:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lamin Yamal “Barselona”da yangi raqam ostida o‘ynaydi

    Sport | 20 may, 09:42

    Toshkentda uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi tushdi

    O‘zbekiston | 20 may, 09:16

    RPL. “SSKA” Moskva derbisida durang o‘ynadi. Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi (video)

    Sport | 20 may, 09:09

    Uchta davlat Isroilga sanksiya qo‘llash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 may, 08:57

    Tomoshabinlar fikriga ko‘ra turk seriallaridagi eng omadsiz juftliklar (foto)

    Layfstayl | 20 may, 08:43

    Toshkentdan Germaniyaga uchayotgan fuqaro 135 mln so‘mlik tilla piyolani yashirmoqchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 20 may, 08:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.