Fransiyada 28-aprel, payshanba kuni ertalab 5,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda mamlakat markaziy seysmologiya xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Yerosti silkinishi mahalliy vaqt bilan 08:46 (Toshkent vaqti bo‘yicha 11:46) da kuzatilgan bo‘lib, uning o‘chog‘i Lya Roshel shahridan 16 kilometr janubi-sharqda joylashgani qayd etildi. Vayronagarchiliklar haqida xabarlar kelib tushmadi.
Izoh (0)