Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasi 7-turining 28-aprel sanasiga tayin qilingan o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.
Qarshi shahrida “Andijon” klubini qabul qilgan “Nasaf” 3:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvning 60-daqiqasiga qadar hisob ochilmagandi. Qolgan yarim soat davomida mezbonlar uchta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur g‘alabasidan keyin “Nasaf” ochkolari sonini 19 taga yetkazib, peshqadam “Lokomotiv” bilan tenglashib oldi. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich sabab “temiryo‘lchilar” Qarshi klubidan oldingi pog‘onani egallab turibdi.
29-aprel sanasidan faqatgina bitta uchrashuv joy olgan bo‘lib, Toshkent derbisida “Bunyodkor” hamda “Paxtakor” klublari o‘zaro kurash olib boradi.O‘zbekiston Oliy Ligasi 7-tur uchrashuvi 28-aprel, payshanba
“Nasaf” — “Andijon” 3:0
Gollar: Azamat Allaniyozov, 61 (1:0). Ildar Mamatkazin, 77 (2:0). Maqsud Karimov, 82 (3:0).29-aprel, juma“Bunyodkor” — “Paxtakor”
30-aprel, shanba“Metallurg” — “Qo‘qon—1912”“So‘g‘diyona” — “Mash’al”“Navbahor” — “Obod”“Neftchi” — “Sho‘rtan”“Qizilqum” — “Buxoro”
Izoh (0)