Tergovchilar Boris Nemsov o‘ldirilishiga ayblov e’lon qilinmagan bir necha kishining aloqadorligini aniqladi. Bu haqda siyosatchining qizi Janna Nemsova manfaatlarini himoya qilayotgan advokatlar Vadim Proxorov va Olga Mixaylovaning talabnomalarida so‘z boradi, deya xabar beradi Meduza.
Talabnomada jinoiy ish materiallariga tayanib, tergovchilar Nemsovning o‘ldirilishiga “Shimol” batalyoni zobiti Ruslan Geremeyev va Artur Geremeyevni aloqador deb hisoblayotgani ma’lum qilingan. Shuningdek, hujjatda Ruslan Geremeyevning qarindoshlari — chechenistonlik senator Sulaymon Geremeyev, Shelkov tumani IIB boshlig‘i Vaxa Geremeyev, “Shimol” batalyoni qo‘mondoni Alibek Delimxanov, Checheniston IIV xodimlari Aslanbek Xatayev, Shamxan Tazabayev ham jinoyatga aloqador shaxslar tariqasida keltirib o‘tilgan.
Izoh (0)