KXDR hisob bo‘yicha beshinchi yadro sinoviga tayyorgarlikni yakunladi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe rasmiy qarorgohida OAV bosh muharrirlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Beshinchi yadro sinoviga tayyorgarlik yakunlangan. Vaziyat shundayki, sinov istalgan payt amalga oshirilishi mumkin. Agar bu ro‘y bergudek bo‘lsa, KXDR jahon hamjamiyati tomonidan yanada kuchli bosimga duch keladi”, — deb ogohlantirdi prezident.
Janubiy Koreya OAV manbalariga ko‘ra, sinov may oyi boshlarida bo‘lib o‘tadigan Koreya Mehnat partiyasi syezdiga bag‘ishlab amalga oshirilishi ehtimoldan xoli emas.
Izoh (0)