Iroqning Al-Qut bazasida rossiyalik muhandisning jasadi topildi. Bu haqda Rossiyaning mamlakatdagi elchixonasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Bag‘doddan 180 kilometr janubi-sharqda, Vosit viloyatidagi Al-Qut harbiy-havo bazasida harbiy samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullangan muhandis 25-aprel, dushanba kuni o‘z xonasida o‘lik holda topilgan.
Rossiyalik diplomatlar o‘lim zo‘ravonlik holatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini istisno etgan. Ayni paytda mahalliy rasmiylar o‘lim sabablariga aniqlik kiritish bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.
Izoh (0)