Finlyandiya poytaxti Xelsinkida yashovchi nogiron qiz Barbi qo‘g‘irchog‘iga o‘xshash uchun ikki yil davomida 14 ming dollar sarfladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Jasmin Britnini 1998-yilda mashina urib ketgan va buning oqibatida tanasining bo‘ynidan pasti falaj bo‘lib qolgandi. Vaqtini o‘tkazish uchun qiz qiyofasini o‘zgartirib, mazkur o‘zgarish aks etgan suratlar va videolavhalarni Facebook hamda YouTube’dagi kanalida joylashtira boshladi. Qizning ota-onasi makiyaj va liboslarga ketadigan xarajatlarni o‘zlariga oldi.
26 yoshli Britnining aytishicha, tajribalarini o‘zi kabi sinovlarga duch kelgan insonlarga umid bag‘ishlash niyatida amalga oshirmoqda. “Men qiyofam ustida soatlab vaqtimni o‘tkazaman. Holatim me’yordagi va to‘liq hayot kechirishimga xalaqit bergani yo‘q”, — deb ta’kidladi Britni.
Internetda faol bo‘lishdan tashqari, u boshqa falaj insonlarga konsultatsiya berish bilan ham mashg‘ul.
Izoh (0)