Suriyada faqat siyosiy yechim uzoq muddatli tinchlikka olib kelishi mumkin. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama Gannoverda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muzokaralari yakunidan so‘ng ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz Suriyada jangovar harakatlar qayta boshlanganidan xavotirdamiz. Mamlakatda muammolarning siyosiy yechimigina uzoq muddatli tinchlikka olib kelishi mumkin”, — deya ta’kidlagan Obama.
AQSh prezidentining aytishicha, mamlakatning o‘tish hukumatidan “suriyaliklarning barcha vakillari” o‘rin olishi lozim.
Izoh (0)