Turkiya rasmiylari oldinroq qo‘lga olingan turk millatiga mansub niderlandiyalik jurnalist ayol Ebru Umarni qo‘yib yubordi. Bu haqda uning o‘zi Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
“Ozodman, lekin mamlakatni tark etmaslik haqida tilxat qoldirdim”, — deb yozgan Umar. Bu esa jurnalistga nisbatan tergov harakatlari davom etayotganini bildiradi.
Metro gazetasining Niderlandiyada chiqadigan nashrida sharhlovchi bo‘lib ishlaydigan Ebru Umar 23-aprel, shanba kuni Izmir viloyati, Kushadasi shahridagi uyida hibsda olingandi. Bunga jurnalistning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga tanqidiy munosabati sabab bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)