Misrda 24-aprel, yakshanba kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi kuchli kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazildi, deya xabar bermoqda “TASS” mahalliy OAVlarga tayanib.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Qohiradan El-Minyaga yo‘l olgan mashina hozircha aniqlanmagan sabablarga ko‘ra, katta tezlikda harakatlanayotib ag‘darilgan va yonib ketgan. Avtomobil ichida bo‘lgan kishilardan hech birini qutqara olishmagan.
Izoh (0)