Dunyodagi eng qari deb taxmin qilinadigan Meggi laqabli it 30 yoshida o‘ldi. U Avstraliyaning Viktoriya shtatida istiqomat qiluvchi fermer Brayan Maklarenga qarashli bo‘lib, kelpi zotiga mansub edi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Biz yaqin do‘st edik, uning endi yo‘qligi men uchun qayg‘uli holat”, — deya ma’lum qilgan fermer.
Meggiga oid hujjatlarning asl nusxasi yo‘qolgani sababli rasman dunyodagi eng qari it sifatida tan olinmagandi. Hozirda 29,5 yoshda bo‘lgan Blyui laqabli it eng yoshi katta hisoblanadi va u ham Avstraliyada yashaydi.
Izoh (0)