Jala quyishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqini Amerikaning Texas shtati Xyuston shahrida shu haftada sakkiz kishini hayotdan olib ketdi, deya xabar bermoqda “TASS” mahalliy hukumat vakillariga tayanib.
Jasadlarning ko‘pchiligi suv ostida qolgan avtomobillardan topilgan. Odamlar ulardan chiqa olmasdan, cho‘kib ketgan.
1,1 mingga yaqin uylarga zarar yetgan. Katta qismi dengiz sathi bilan teng bo‘lgan shaharning ba’zi tumanlarida ko‘chadagi suv chuqurligi 48 santimetrga yetadi.
Shtat gubernatori Greg Ebbott Texasning to‘qqizta okrugini tabiiy ofat hududi deb e’lon qildi.
Izoh (0)