Laos poytaxtida o‘z ishini boshlagan sakkizinchi chaqiriq Milliy majlis (parlament) birinchi sessiyasida mamlakat oliy rahbariyati, jumladan, prezident, vitse-prezident va bosh vazir saylandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldin vitse-prezident bo‘lib ishlab kelgan 73 yoshli Bunnyang Volachit besh yil muddatga Laos prezidenti etib tasdiqlandi. U yanvarda bo‘lib o‘tgan hukmron Laos xalq-inqilob partiyasi X syezdida partiyaning Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi etib saylangandi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, mazkur qo‘mita bosh kotibi bir paytning o‘zida davlat rahbari ham hisoblanadi.
Milliy majlis shu paytgacha ta’lim va sport vaziri bo‘lgan Fankxam Vipxavanni vitse-prezident, tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlab kelgan Txongloun Sisulitni bosh vazir sifatida tasdiqladi.
Izoh (0)