Vladimir Putin va Barak Obama telefon oqali muloqot chog‘ida Suriyadagi vaziyatni muhokama etdi. Bu haqda 18-aprel, dushanba kuni Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Prezidentlar Suriyadagi vaziyatni atroflicha muhokama qildi. Rossiya hamda AQSh tashabbuskori bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish tartibi mustahkamlanishi, hududlarga gumanitar yordam yetkazilishi ta’minlanishiga ko‘mak berilishini tasdiqladi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Rossiya yetakchisi amerikalik hamkasbi e’tiborini jangarilar harakatlanishi va terrorchi guruhlarga qurol-yarog‘ yetkazilishi davom etayotgan Suriya — Turkiya chegarasini yopish zaruratiga qaratdi.
Barak Obama amerikalik Kevin Dous Suriyada ozod etilishida Rossiya rasmiylari bergan yordam uchun Putinga minnatdorlik bildirgan.
Izoh (0)