O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 4-aprel kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi UzDaily.
Hujjat orqali o‘lchov vositalari turi, metrologik attestatsiyasi, tekshirilishi va kalibrlanishi (aniq bir o‘lchamga keltirilishi)ni tasdiqlash maqsadida sinovlar natijalarini o‘zaro tan olish haqidagi kelishuvni tasdiqladi.
Hujjat 2015-yil 29-may kuni Qozog‘istondagi MDH hukumat rahbarlari kengashi majlisida imzolangan edi.
Qarorda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston hujjatni qo‘shimcha shart bilan qabul qiladi. Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston ushbu bitimning 10-moddasidagi ikkinchi xatboshini qabul qilmaydi.
Izoh (0)