O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 7-apreldagi qarori bilan “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tarkibida yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bo‘yicha “O‘zagroeksport”maxsus tashqi savdo kompaniyasini tuzishni tasdiqladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
O‘z faoliyati doirasida “O‘zagroeksport” meva-sabzavot mahsulotlarining jahon va mintaqaviy bozorlari konyunkturalarini marketing jihatidan tadqiq qiladi, mahalliy mahsulotlarni eksport uchun ilgari suradi va yangi bozorlarni qidiradi.
Yangi kompaniya huzurida “Oziq-ovqat laboratoriyasi” sifat menejmenti va standartlashtirish tizimi markazi, Ixtisoslashtirilgan transport-logistika korxonasi, shuningdek, Toshkent va hududlarda savdo-logistika markazlari faoliyat yuritadi.
Izoh (0)