Anqara Qorabog‘ mojarosida Bokuni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qizil Yarim oyning turk bo‘linmasi bosh assambleyasi yig‘ilishidagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Men do‘stim (Ozarbayjon prezidenti) Ilhom Aliyevga mojaroning avj olishi munosabati bilan hamdardlik bildirdim. Odamlarning halok bo‘layotganligi munosabati bilan harbiylar va butun Ozarbayjon xalqiga hamdardlik bildirishda davom etaman, chunki u yerda bugun ham kurash davom etmoqda va faol harbiy harakatlar olib borilmoqda”, — dedi u.
Erdo‘g‘on Turkiya doim Ozarbayjon tomonida bo‘lganligi va Qorabog‘ masalasida uni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini eslatib o‘tdi.
“Biz Qorabog‘ning bosib olinishi va u yerda odamlarning halok bo‘lishi tufayli yurakdan og‘riqni his etmoqdamiz. Biroq shuni aytib o‘tmoqchimanki, bir kuni Qorabog‘ albatta Ozarbayjonniki bo‘ladi”, — dedi Turkiya prezidenti.
Izoh (0)