KXDR o‘zining Yonbendagi asosiy yadro majmuasida plutoniy reaktori bo‘lgan obyektni faol harakatga keltirdi. Bu haqda Vashingtonning Jon Gopkins universiteti qoshidagi Amerika-Koreya istiqbolli xalqaro tadqiqotlar maktabiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Muassasa ekspertlari Shimoliy Koreya obyektining tijorat sun’iy yo‘ldoshlari orqali olingan fotosuratlarini o‘rganib chiqdi. Ularning fikricha, so‘nggi bir yarim oy ichida olingan tasvirlarda Yonbendagi reaktor joylashgan Radiokimyoviy laboratoriyani issiqlik bilan ta‘minlovchi issiqlik elektr stansiyasidan chiqayotgan bug‘ ajralmalari aniq-ravshan ko‘rinib turibdi.
Amerika-Koreya instituti ma’ruzasida aytilishicha, bu yadro materiallariga ishlov beriladigan bino isitilayotganini bildiradi. “Bu u yerda qandaydir muhim faoliyat amalga oshayotgani yoki tez orada amalga oshirilishidan darak berishi mumkin”, — deyiladi hujjatda.
Izoh (0)