AQShning Tennessi shtati tog‘li hududida sayohat vertolyoti halokatga uchrashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Hodisa 4-aprel, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 15:30 atrofida ro‘y berdi. Vertolyot yong‘in tufayli butkul yonib bitgani bildirilmoqda.
Besh kishi halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotni havo kemasi tegishli bo‘lgan Smokey Mountain Helicopters kompaniyasi egasi ham tasdiqlagan. Uning aytishicha, vertolyotdagi guruh turistlar orasida ommalashgan yo‘nalish bo‘ylab sayohatda bo‘lgan.
Izoh (0)