2011-yildan buyon birinchi marta dunyodagi harbiy xarajatlarda o‘sish kuzatildi, deya xabar bermoqda “RBK” Dunyo muammolarini tadqiq qilish bo‘yicha Stokgolm xalqaro instituti (SIPRI) ma’ruzasiga tayanib. Bunday sarf-xarajatlar bo‘yicha yetakchi hamon AQSh bo‘lib qolmoqda, Rossiya esa to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi.
Jahon bo‘yicha harbiy xarajatlar 2015-yilda qariyb 1,7 trillion dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgidan 1 foizga ko‘proqdir. O‘sish, asosan, Osiyo va Okeaniya, Sharqiy va Markaziy Yevropa, shuningdek, Yaqin Sharq mamlakatlari hisobiga sodir bo‘lgan.
Vashington o‘z harbiy xarajatlarini 2,4 foizga — 596 milliard dollargacha pasaytirganiga qaramasdan, AQSh ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni Xitoy (215 mlrd dollar), uchinchi o‘rinni esa Saudiya Arabistoni (87,2 mlrd dollar) egalladi. Saudiya Arabistoni uchinchi pog‘onadan Rossiyani siqib chiqardi, u endi 66,4 milliard dollarlik harbiy xarajatlar bilan to‘rtinchi o‘rinda joylashdi.
Izoh (0)