Xitoyning Guandun provinsiyasida bir hafta ichida chikungunya isitmasi bilan kasallanishning 2 892 ta yangi holati aniqlandi. Bu haqda Global Times xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 27-iyuldan 2-avgustgacha bo‘lgan davrda 3 000 ga yaqin isitma holati qayd etilgan. Ularning 2 770 tasi Foshan shahrida, yana 65 tasi Guanchjouda aniqlangan.
Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi Foshanda virus tarqalishining oldini olish uchun sanitariya va epidemiologik choralarni kuchaytirish, shuningdek, chivinlar ko‘payadigan joylarni yo‘q qilishga chaqirgan.
Chikungunya — chivinlar orqali yuqadigan Aedes avlodiga mansub o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, unga qarshi aniq dori mavjud emas. Kasallik quyidagi simptomlar bilan kechadi:
- tana haroratining ko‘tarilishi,
- bo‘g‘imlardagi kuchli og‘riq,
- terida toshmalar.
- Ba’zi hollarda kasallik surunkali shaklga o‘tishi yoki og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Mutaxassislar aholiga quyidagi choralarni ko‘rishni tavsiya qilmoqda:
- chivinlarga qarshi dorilar va maxsus vositalardan foydalanish,
- deraza va eshiklarga chivinga qarshi panjara o‘rnatish,
- ochiq havoda yengil, uzun kiyim kiyish,
- suv to‘planadigan joylar va chiqindilarni muntazam tozalash.
Shuningdek, may oyi oxirida Rossiyaning Shri-Lankadagi elchixonasi orolda chikungunya bezgagi avj olayotgani haqida ogohlantirgan edi. Diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, bu so‘nggi 20 yildagi eng yirik epidemiya hisoblanadi.
Izoh (0)