B-52 strategik bombardimonchisi 1—2-aprel kunlari AQShdan Janubiy Amerikaga qo‘nishsiz 27 soatli parvozni amalga oshirdi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, samolyot AQSh harbiy-havo kuchlarining Shimoliy Dakota shtatidagi Maynot bazasidan ko‘kka ko‘tarilgan. Uzoq davom etgan parvozdan so‘ng Kolumbiya osmonida mazkur mamlakat harbiy-havo kuchlari bilan hamkorlikdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazgan. So‘ng Chili poytaxti Santyagoda bo‘lib o‘tayotgan Lotin Amerikasining FIDAE 2016 xalqaro aerokoinot salonida namoyish parvozini amalga oshirgan.
Strategik qo‘mondonlik rahbari admiral Sesil Xeynining bildirishicha, mazkur o‘quv operatsiyasi “AQSh mudofaa strategik kuchlari imkoniyatini ko‘rsatuvchi namoyishlardan biri” bo‘lgan.
Izoh (0)