Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan yadro xavfsizligi bo‘yicha sammitda AQSh rahbari Barak Obama bilan muzokaralar o‘tkazishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Erdo‘g‘onning aytishicha, ikki yetakchining uchrashuvi davomiyligi va kun tartibi vaziyatga qarab belgilanadi. Turkiya prezidenti boshqa ikki tomonlama muzokaralarni o‘tkazishini ham bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 28-mart kuni The Wall Street Journal Obama Vashingtonda Erdo‘g‘on bilan uchrashishdan bosh tortgani haqida xabar bergandi.
Izoh (0)