Isroil qiruvchilari mamlakat hududiga Misrning garovga olingan avialayneri bostirib kirishi ehtimoli yuzasidan trevoga bo‘yicha safarbar etildi. Bu haqda mahalliy televideniyening Ikkinchi kanali xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Isroilning jangovar samolyotlari garovga olingan layner mamlakat havo hududiga yaqinlashishga urinmasligiga ishonch hosil qilish uchun jalb qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Misrda noma’lum shaxslar A-320 yo‘lovchi samolyotini garovga olgani ma’lum bo‘ldi. Samolyot Iskandariyadan Qohiraga reysni amalga oshirayotgan edi. Bir muddatdan so‘ng layner Kiprning Larnaka shahri aeroportiga qo‘ndi.
Keyinroq Misrda garovga olingan, Egypt Air kompaniyasiga tegishli samolyot bortida o‘n nafar AQSh fuqarosi hamda britaniyalik sakkiz nafar yo‘lovchi borligi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)