Rossiya qurol-yarog‘i uchun chet el buyurtmalari portfeli 50 milliard dollardan oshadi. Bu haqda Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat direktori o‘rinbosari Anatoliy Punchukka tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Uning aytishicha, “Lotin Amerikasining ulushi ushbu summaning taxminan ikki foizi”, ya’ni 1 milliard dollarni tashkil etadi. Ushbu mintaqada vertolyot texnikasi eng ommabopdir. Ayni paytda Rossiyaning eng muhim sherigi Venesuela hisoblanadi, u yerga Rossiya qurol-yarog‘lari va turli harbiy texnikasi ancha katta hajmda yetkazilgan. Shuningdek, Rossiya texnikasi, xususan, vertolyot texnikasi so‘nggi yillarda Braziliya va Peruga ham yetkazib berilgan bo‘lib, u yerda muvaffaqiyatli tarzda foydalanilmoqda.
“Rossiya Lotin Amerikasini harbiy maqsaddagi mahalliy mahsulotlarni ilgari surish uchun eng istiqbolli bozorlardan biri sifatida qabul qilmoqda”, — dedi Punchuk.
Izoh (0)