Birlashgan Arab Amirliklarining Ajman shahridagi ikkita osmono‘par binoda yong‘in yuzaga keldi, deya xabar bermoqda Meduza. Bu bir yildan kamroq vaqt ichidagi uchinchi shunday holatdir.
Yong‘in 12 ta binoni o‘z ichiga olib, 3 mingtaga yaqin xonadondan tashkil topgan Ajman One turar-joy majmuasida sodir bo‘ldi. Alanga bir binodan ikkinchisiga o‘tdi.
Osmono‘par binolarda istiqomat qiluvchilar evakuatsiya qilindi. Ba’zilarda kichik jarohatlar va nafas olish bilan bog‘liq muammolar qayd etildi.
Nashr eslatishicha, 2015-yil 21-fevral va 31-dekabrda Dubaydagi osmono‘par binolarda yong‘in chiqqan edi.
Izoh (0)