Roubaix Lille Metropole jamoasi a’zosi bo‘lgan belgiyaik velopoygachi Daan Maynger Korsikadagi xalqaro poygada infarktni boshidan kechirganidan so‘ng kasalxonada vafot etdi, deb yozadi “TASS” velopoygachining jamoasi tomonidan Facebook’da e’lon qilingan xabarga tayanib.
26-mart, shanba kuni Porto-Vekkyoda o‘tkazilgan poygalarning birinchi bosqichi chog‘ida 30 km masofani bosib o‘tganidan so‘ng, 22 yoshli sportchining mazasi qochib qoldi. Dastlab unga tez yordam mashinasida yordam ko‘rsatmoqchi bo‘lishdi, ammo yurak xuruji tufayli, u vertolyotda zudlik bilan Ayachchodagi kasalxonaga yetkazildi.
Keyinroq sportchi infarktni boshidan kechirgani ma’lum bo‘lgan, 27-mart kuni esa u komada yotgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)