Afg‘on narkokontrabandachilari tomonidan garovga olingan Tojikiston fuqarolari ozod qilindi. Bu haqda mamlakat chegara xizmati bosh boshqarmasi matbuot markazi rahbari Muhammad Ulug‘xo‘jayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Shagon—Zigar avtoyo‘li qurilishida qo‘lga olingan tutqunlar 28-mart, dushanba kuni muzokaralar natijasida ozod qilindi”, — deya ta’kidlagan Ulug‘xo‘jayev.
25-mart, juma kuni tojik-afg‘on chegarasi bo‘ylab o‘tgan Qo‘lob—Xorog avtoyo‘lining Shagon—Zigar qismida ishlayotgan yo‘l quruvchilariga Afg‘onistondan o‘tgan 6—7 kishidan iborat guruh tomonidan qurolli hujum uyushtirilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida quruvchilardan biri yaralangan, ikki nafari esa garovga olingandi.
Izoh (0)