Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasidan so‘ng, Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat Osiyo va Afrika mamlakatlaridan samolyot va vertolyotlar sotib olish uchun qator buyurtmalar oldi, deya xabar bermoqda Meduza.
“Kommersant”ning harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi manbalari ma’lum qilishicha, Jazoir 12 ta Su-32 bombardimonchisi va 40 ta vertolyot sotib olishga qaror qildi. Kelajakda Su-32 partiyasi yana 6—12 ta mashinaga ko‘paytirilishi mumkin. Bundan tashqari, 10 ta Su-35S qiruvchisini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolanishi mumkin.
Su-35 partiyasini, shuningdek, Indoneziya va Vyetnam ham xarid qiladi. Ikkala holatda ham gap bir milliard dollardan ziyod summadagi shartnomalar haqida bormoqda. Pokiston esa 500 million dollarlik Su-35 sotib olmoqchi.
Izoh (0)