AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Jon Brennan mart oyi boshida Moskvaga tashrif bilan kelgan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Oleg Siromolotov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“MRB rahbari Jon Brennan chindan ham Moskvada bo‘ldi. Uning tashrifi Rossiya qo‘shinlarining Suriyadan olib chiqilishi bilan bog‘liq emasdi”, — deya ta’kidlagan vazir o‘rinbosari.
Brennan Rossiya Federal xavfsizlik xizmatidagi hamkasblari bilan muloqotda bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)