BMT Bosh kotibi Pokistonning Lahor shahrida amalga oshirilgan teraktni qoralab chiqdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Bosh kotib Pokistonning Lahor shahridagi Gulshani Iqbol bog‘ida xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan portlashni keskin qoraladi”, — deyiladi xalqaro tashkilot saytida joylashtirilgan bayonotda.
Pan Gi Mun mazkur fojia ro‘y berishida aybdor bo‘lganlarni qonunga muvofiq javobgarlikka tortishga chaqirdi. Shuningdek, qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirib, Pokiston xalqi va hukumati bilan yakdil ekanligini izhor etdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 27-mart, yakshanba kuni Lahor shahrining Gulshani Iqbol bog‘idagi bolalar maydonchasida xudkush terrorchi o‘zini portlatib yuborgani, buning oqibatida 72 kishi halok bo‘lgani va 300 dan ziyod kishi jarohat olgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)