Yamandagi jangovar harakatlar chog‘ida isyonchi xusiylarga asir tushgan to‘qqiz nafar saudiya arabistonlik Yamanning qirollik bilan chegaradosh hududlaridagi operatsiyalar chog‘ida Saudiya tomonidan qo‘lga olingan 109 nafar Yaman fuqarosiga ayirboshlandi. Bu haqda arab koalitsiyasi tarqatgan bayonotga tayanib, AFP xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Xabarda asirga tushgan saudiyaliklar harbiy yoki oddiy fuqaro bo‘lgani, shuningdek, qaytarilgan yamanliklar isyonchi xusiy yoki tinch aholi vakillari bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.
Bu arab koalitsiyasi va xusiylar o‘rtasida ikkinchi marta asirlar ayirboshlanishidir. Bunday operatsiyaning birinchisi 9-mart kuni o‘tkazilgan, o‘shanda bir nafar saudiyalik harbiy xizmatchi to‘qqiz nafar isyonchi evaziga qaytarib olingan edi.
Izoh (0)