Moskvaning ba’zi xatti-harakatlari so‘nggi vaqtlarda “dunyodagi tartibga xavf solmoqda”. Bu haqda AQSh davlat kotibi yordamchisi Tom Malinovski ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”. Uning ta’kidlashicha, dunyoda bu borada keng konsensus (umumiy fikr, yakdillik) mavjud.
Pentagonda Rossiya haqida “eng katta tahdid” sifatida gapirilishi, u esa o‘z chiqishlarida “AQSh Rossiyani zaiflashtirishga harakat qilayotgani”ni rad etishi sabablari haqida berilgan savolga javoban, Malinovski “kuchli va gullab-yashnayotgan Rossiya”ning mavjudligi butun dunyo manfaatlari uchun javob berishini qayd etdi.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qonun ustuvorligini tan olishi, “o‘z qo‘shnilari suvereniteti va hududiy yaxlitligi”ni hurmat qilishi hamda dunyodagi ishlarga “ijobiy hissa” qo‘shishi kerak.
“Biroq ayni paytda Rossiya hamma sohalarda ham bunday rolni o‘ynamayapti. Dunyoda Rossiyaning ba’zi xatti-harakatlari so‘nggi yillarda xalqaro tartibga tahdid xususiyatiga ega bo‘layotgani haqida keng xalqaro konsensus mavjud. Rossiyaning Ukrainaga qurolli aralashuvi bunday harakatlarga misol bo‘la oladi”, — dedi u.
Izoh (0)