Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev kelgusida mamlakat Konstitutsiyasi va hokimiyat taqsimotiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligini istisno etmadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“O‘zgarishlar bo‘lishi kerak. Qozog‘istonda prezidentlik tizimi mavjud, gap hokimiyatning o‘z tarmoqlari — prezident, parlament va hukumat o‘rtasida bo‘linishi haqida ketmoqda. Biz dunyodagi, mamlakatimizdagi, iqtisodiyotdagi vaziyatga qarab, mazkur jarayonni amalga oshirish to‘g‘risida o‘ylayapmiz. Agar xalqning istagi shunday bo‘lsa, boshqaruvning boshqa tizimiga o‘tish kerak bo‘ladi, biz buni jiddiy muhokama qilamiz”, — deya ta’kidladi Nazarboyev.
Nursulton Nazarboyev bu haqda Qozog‘istonda 20-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tayotgan parlamentga muddatidan avvalgi saylovlarda ovoz berayotgan chog‘ida bildirib o‘tdi.
Izoh (0)