Braziliyaning San-Paulu shahrida sodir bo‘lgan aviahalokatda ko‘lami bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi Vale tog‘-ruda kompaniyasi sobiq prezidenti Rojer Agnelli va uning oilasi nobud bo‘ldi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchi va biznesmendan tashqari, samolyot bortida Agnellining rafiqasi, shuningdek, o‘g‘li va qizi turmush o‘rtoqlari bilan birga bo‘lgan. Halokatda hech kim omon qolmagan. Havo kemasi qulagan uyda istiqomat qiluvchi ayol jarohat olgan.
Izoh (0)