Rostov-Donda qulagan Boeing “qora qutilari” yozuvlarini o‘rganish 21-mart, dushanba kunidan boshlanadi. Bu haqda Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi (DAQ) vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Mazkur jarayonda Birlashgan Arab Amirliklari mutaxassislari aviakompaniya joylashgan mamlakat, AQSh ekspertlari samolyotni ishlab chiqargan davlat va Fransiya mutaxassislari havo kemasi dvigateli tayyorlangan yurt vakillari sifatida ishtirok etadi.
Qo‘mita vakilining bildirishicha, yozuvlarni o‘rganish bir oyga yaqin vaqtni olishi mumkin. Ushbu muddat “qora quti”lar holatiga ham bog‘liq.
Izoh (0)