AQShning Indiana shtatida maktab avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 29 kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Griffit maktabining basketbol jamoasini olib ketayotgan avtobus, unga Kia avtomobilining kelib urilishi natijasida, ag‘darilib ketgan.
Xabar berishlaricha, Kia’ni boshqarib kelayotgan 23 yoshli qiz, ichayotgan ichimligini to‘kib yuborgani sabab, avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, avtobusga borib urilgan.
Avtobus salonida bo‘lgan 21 o‘quvchi va olti nafar katta yoshli yo‘lovchi eng yaqin kasalxonaga yetkazilgan. Avtobus haydovchisi va Kia’ning egasi ham kasalxonaga yotqizilgan.
Politsiya vakillarining ma’lum qilishicha, jabrlanuvchilarning hayotiga hech qanday xavf yo‘q.
Izoh (0)