ZiyoNET portalining “Kutubxona” bo‘limiga 2015—2016-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfdan 9-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan tabiiy, aniq va ijtimoiy fanlardan bosqichli nazorat imtihon materiallari va metodik tavsiyalar to‘plamlari joylashtirildi. Bu haqda Uzinfocom markazi matbuot xizmati xabar beradi.
Mazkur bo‘limga:
- 4-sinf ona tili, matematika, jismoniy tarbiya fanlaridan;
- 5—6-sinf o‘quvchilari uchun matematika, adabiyot, chet tili, rus tili, botanika, tarix fanlaridan;
- 7—8-sinf o‘quvchilari uchun ona tili, rus tili, fizika, informatika, xorijiy til, geografiya, davlat va huquq asoslari, biologiya fanlaridan;
- 9-sinf o‘quvchilari uchun matematika, fizika, kimyo fanlaridan;
- 9-sinf o‘quvchilari uchun ona tili, chet tili, tarix, jismoniy tarbiya fanlaridan imtihon materiallari joylangan.
Izoh (0)