Toshkentda “Olmazor” metro bekati (sobiq “Sobir Rahimov”)dan Sergeli dahasigacha tezyurar tramvay yo‘li qurilishi amalga oshiriladi. Buni Toshkent me’morchilik va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rustam Rahmatullayev “Narodnoye slovo” gazetasiga bergan intervyusida tasdiqladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Rustam Rahmatullayev, ushbu loyiha “transport bilan bog‘liq vaziyatni ancha yaxshilashi”ni qayd etdi. Shu bilan birga, qurilishning aniq muddatlarini ma’lum qilmadi.
“Yo‘llarni bo‘shatish” uchun, shuningdek, shahar tashqarisidagi transport uchun to‘qqizta avtobekatning poytaxt chegaralariga ko‘chirilishi ham ko‘zda tutilgan, yetib kelgan yo‘lovchilar u yerdan yo‘lni shahar transportida davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent hokimligi Taraqqiyot ko‘chasidan (eski ToshMI)dan boshlanib, Toshkent mexanika zavodi orqali Ohangaron yo‘liga qadar davom etuvchi tramvay yo‘li qurilishidan voz kechgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)