Deyarli 800 ta mashinaga mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtomobillar turargohi tez orada Toshkent aeroporti yaqinida quriladi. Bu haqda Toshkent me’morchilik va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rustam Rahmatullayev “Narodnoye slovo” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
530 tadan o‘ringa ega avtomobil turargohlari, shuningdek, “Toshkent” markaziy vokzali va yirik bozor joylashgan poytaxt ippodromi yaqinida ham barpo etiladi.
Rustam Rahmatullayev aytishicha, umuman, O‘zbekiston poytaxtining turli tumanlarida 20 dan ortiq ko‘p qavatli garajlar qurish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan. Ularning har biri 500 dan ziyod avtomobilni sig‘dira oladi, shuningdek, servis xizmati majmuasiga ega bo‘ladi.
Ko‘p qavatli avtoturargohlar ayni paytda “Chorsu” bozori yonida hamda “Samarqand darvoza” savdo majmuasida faoliyat yuritadi.
Izoh (0)